Umumiy

“Yoshlar kuni” doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

02 Jul, 2026 25 ko'rildi

“Yoshlar kuni” doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv “Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni ” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda "Ispanza MFY yoshlari  bilan tuman Axborot-kutubxona markazi direktori Z.Murtazoyeva ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishi, cyberxavfsizlik masalalari hamda  axborot xavfsizligi  madaniyatini shakllantirishi o‘z ustida muntazam ishlashi bugungi davrning eng muhim talablari ekani alohida ta’kidlandi.
Hozirgi kunda kitobxonlik yo‘nalishlarimiz kelajagining muhim qismiga aylanayotganini qayd etdi.
“Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida” shiori ostida tashkil etilayotgan bunday tadbirlar yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, ularda vatanparvarlik, tashabbuskorlik va mas’uliyat hissini mustahkamlash, eng muhimi, kelajak kasblariga ongli tayyorgarlik ko‘rishiga xizmat qilmoqda.