Ibn Kasir - Qissasul anbiyo
bibliografiya_xizmati
Islom olamida Ibn Kasir nomi bilan mashhur boʻlgan Hofiz Ibn Kasir rahmatullohi alayhi ilmiy, ijodiy faoliyati davomida fiqh, kalom va tafsir ilmlariga oid oʻnlab asarlar bitganlar. Xususan, 8 jilddan iborat "Tafsirul Qurʼonil azim" nomli tafsir kitobi hamon ahli ilm uchun muhim qoʻllanma boʻlib kelmoqda. Shuning uchun ham mashhur olimlardan biri Dovudiy rahimahulloh: "Ibn Kasir olim va hofizlarning ulugʻi hamda mufassirlarning suyanchigʻidir", deydilar.Darhaqiqat, qoʻlingizdagi toʻrt jilddan iborat "Qissasul anbiyo" kitobi ham diniy ilm tadqiqotchilari uchun qimmatli manbadir. Kitobda paygʻambarlar (alayhimussalom) tarixi, u zotlarning bosib oʻtgan ibratli va mashaqqatli hayotlari Qurʼon karim oyatlari va muborak hadislar asosida bayon qilingan. Ulugʻ paygʻambar larning ajib qissalarini oʻqir ekansiz, inson tabiatining, ruhiyatining naqadar murakkab ekanini anglagandek boʻlasiz.
N.Olimova