Umumiy

​"Nuroniy va yoshlar" uchrashuvining eng hayajonli va fayzli qismlaridan biri — muhtaram nuroniylarimiz uchun tashkil etilgan ekskursiya jarayoni bo‘ldi

30 Jun, 2026 122 ko'rildi

ekskursiya
​ Kutubxonamiz bo‘ylab unutilmas sayohat!
​"Nuroniy va yoshlar" uchrashuvining eng hayajonli va fayzli qismlaridan biri — muhtaram nuroniylarimiz uchun tashkil etilgan ekskursiya jarayoni bo‘ldi.
​Yoshi ulug‘, ko‘pni ko‘rgan nuroniy otaxonlarimiz va onaxonlarimiz Axborot-kutubxona markazimizda kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, boy kitob fondi va raqamli imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

​Ustozlarimiz kutubxonada yoshlarning ilm olishi va ma'naviyatini yuksaltirishi uchun qilinayotgan ishlarni ko‘rib, o‘zlarining samimiy duolari va iliq tilaklarini bildirdilar. 

​Kutubxonamiz bo‘ylab o‘tgan ushbu mazmunli va tarbiyaviy ahamiyatga ega sayohat barchaga birdek manzur bo‘ldi. Nuroniylarimizning ziyorati va oq fotiihalari bizga yanada kuch bag‘ishlaydi!
​Ekskursiya jarayonidan muhrlangan eng samimiy foto  lavhalar 
M. Safoyeva