Umumiy

Kutubxonamiz fondiga ajoyib tuhfa!

30 Jun, 2026 116 ko'rildi

tuhfa
​ Kutubxonamiz fondiga ajoyib tuhfa!
​Bugungi fayzli uchrashuv va kitob taqdimotidan so‘ng, ijodkorimiz Qo‘ysunov Amirjon kutubxonamiz ma’naviy xazinasiga o‘zining chinakam hissasini qo‘shdi.
​Ustoz ijodkor kitobxonlarimiz yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishlariga xizmat qiluvchi 2 nomdagi jami 15 nusxadagi yangi kitoblarini kutubxonamiz fondiga begaraz sovg‘a qildi! 

​"Kitob — eng mukammal sovg‘a, u inson qalbini yoritadi".

​Yaqin kunlarda ushbu yangi asarlar barcha mutolaa shaydolari ixtiyoriga topshiriladi. Maskanimiz ma’muriyati va barcha kitobxonlarimiz nomidan saxovatli ijodkorga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz! 
​Tuhfa qilingan kitoblar va samimiy jarayondan olingan foto lavhalar 
M. Safoyeva