Kitob tavsiyasi

«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» («Osor al-boqiya»)

30 Jun, 2026 38 ko'rildi

bibliografiya_xizmati 
bookslam 
Ushbu kitob XI asr qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniyning (973-1048) «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» («Osor al-boqiya») asarining arab tilidan o‘zbekcha tarjimasining ikkinchi tuzatilgan, qayta nashridir.  «Osor al-boqiya» ishlanib, ko‘rib chiqilib, o‘rganilib, ularda tarixiy masalalar, aniq fanlarga oid ma’lumotlar keng yoritildi.  Asarda qadimgi xalqlarning, xususan, vatanimiz hududidagi taqvimlar va undan tashqari musulmonlar, xristianlar, yahudiylarning bayramlari, ro‘zalari, urf-odatlari, turli mamlakatlarda hukm surgan podshohlar, imperatorlar sulolalari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.  Shuningdek, kitobda Beruniy tarjimai holi va e’tiqodiga aloqador materiallar ham berilgan.  Kitob tarix va aniq fanlar tarixi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar va umuman, Markaziy Osiyo xalqlarining o‘tmish hayoti, fani va madaniyati tarixi bilan qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. 
N. Olimova