Kitob tavsiyasi

Buyuk yurt allomalari

29 Jun, 2026 29 ko'rildi

bibliografiya_xizmati
bookslam
Har qanday xalq, birinchi navbatda, fidoyi oʻgʻlonlari, mutafakkir zotlari, insoniyat tamadduniga ulkan hissa qoʻshgan olimu ulamolari bilan gʻururlanadi. Shu jihatdan olib qaraganda, oʻzbek xalqining gʻururi, chindan-da, togʻlardan baland. Zero, bizning yurtimizda tugʻilib voyaga yetgan, oʻzining nihoyatda serqirra ilmiy-ijodiy faoliyati bilan dunyo ahlini lol qoldirgan buyuk bobolarimiz nomi har birimizning qalbimizni fahru iftixorga toʻldiradi.
Mazkur kitobdan oʻlkamizdan yetishib chiqqan, islom dini, uning maʼrifati, maʼnaviyati, qadriyatlari takomilida chinakam hal qiluvchi rol oʻynagan ulugʻ allomalarimizning hayoti va faoliyati toʻgʻrisidagi qiziqarli tadqiqotlar oʻrin olgan. Ishonchli yozma manbalarga tayanib yozilgan, tarixiy faktlarga boy, bir-birini toʻldiruvchi, sodda tili va ravon uslubi bilan ajralib turuvchi maqolalarni oʻzida mujassam etgan bu toʻplam kitobxonni befarq qoldirmaydi.
N. Olimova