Kitob tavsiyasi

KATTA O‘YIN: Ikki imperiya to‘qnashuvi - Piter Hopkirk

28 Jun, 2026 39 ko'rildi

TAVSIYA ETAMIZ
KATTA O‘YIN
Ikki imperiya to‘qnashuvi
Muallif: Piter Hopkirk
Tarix sahifalarida yashirin qolgan eng qiziqarli geosiyosiy kurashlardan biri haqida bilmoqchimisiz?
Ushbu asarda XIX asrda Markaziy Osiyoda Buyuk Britaniya va Rossiya imperiyalari o‘rtasida kechgan siyosiy, harbiy va razvedka kurashlari tarixiy faktlar asosida yoritiladi.
 Kitob sizga: "Katta o‘yin" tushunchasining asl mohiyatini; Markaziy Osiyoning geosiyosiy ahamiyatini; Maxfiy missiyalar, diplomatik o‘yinlar va tarixiy voqealarni qiziqarli uslubda ochib beradi.
 Tarix, siyosat va geosiyosatga qiziqadigan kitobxonlar uchun tavsiya etiladi.

Kitobni Urgut tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib mutolaa qilishingiz mumkin!

Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassisi Nishonova Xolida