O‘zbekiston Tarixi. VI jild (1860–1917)
bibliografiya_xizmati
bookslam
O‘zbekiston Tarixi. VI jild (1860–1917)
Chor mustamlakasi va jadidlar uyg‘onishi davrida aslida nimalar bo‘lgan edi? Bu kitob — o‘sha 50 yillik qaltis davrni ochib beruvchi haqiqiy "vaqt mashinasi"!
Undagi barcha hujjatlar, arxiv materiallari va guvohliklar ilk bor yaxlit to‘plam holiga keltirildi.
Kitob ichida sizni nimalar kutyapti?
Maxfiy arxivlar: Rus va mahalliy ma’murlarning yozishmalari hamda sulh shartnomalari;
Sayyohlar siri: Xorijiy ekspeditsiyalarning kundaliklari va qozilik hujjatlari;
Ilk bor tarjimada: Ingliz, nemis, fransuz, fors va rus tillaridagi manbalarning o‘zbekcha eksklyuziv tarjimalari;
Jadidlar matbuoti: Arab alifbosidagi eski o‘zbekcha toshbosma asarlar zamonaviy alifboda!
Tariximizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini asl holatida ko‘rsatib beruvchi eng yirik manbalar to‘plami.
Kimlar uchun: Tarixchilar, talabalar va o‘z o‘tmishiga befarq bo‘lmagan barcha kitobxonlar uchun!
M.S