Umumiy

«Mening qonunim – mening taqdirim»: Urgutda huquqshunos yoshlar bellashdi!

26 Jun, 2026 44 ko'rildi

«Mening qonunim – mening taqdirim»: Urgutda huquqshunos yoshlar bellashdi! 

Bugun, 2026-yil 25-iyun kuni Urgut tuman Axborot-kutubxona markazida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida ajoyib tadbir bo‘lib o‘tdi. 
Urgut tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekistonni – yoshlar quradi!” shiori ostidagi yoshlar festivali doirasida “Mening qonunim – mening taqdirim” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. 
Bellashuvda tuman maktablarining zukko o‘quvchilaridan iborat jamoalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qizg‘in kechgan bahslar yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib bo‘ldi:
1-o‘rin: 35-maktabning "Generalist" jamoasi
2-o‘rin: 128-maktabning "Adolat" jamoasi
3-o‘rin: 36-maktabning "Yuristlar" jamoasi
G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan 1, 2 va 3-darajali diplomlar hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 
G‘oliblarga zafarlar tilaymiz!