Umumiy

Urgutda "Sog‘lom turmush tarzi kuni": Yoshlar bir kun smartfonsiz yashadi!

26 Jun, 2026 19 ko'rildi

 Urgutda "Sog‘lom turmush tarzi kuni": Yoshlar bir kun smartfonsiz yashadi! 
 Urgut tumanida har payshanba an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yoshlar kuni” bu safar o‘zgacha shukuhda tashkil etildi. 
“Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlar nigohida” shiori ostida o‘tgan "Sog‘lom turmush tarzi kuni" munosabati bilan tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan o‘ziga xos aksiya o‘tkazildi. 
 Smartfondan uzoqda — kitob bilan hamrohlikda 
“Sog‘lom turmush” aksiyasi doirasida tuman yoshlari bir kun davomida smartfonlardan butunlay uzoqlashib, vaqtlarini foydali mutolaaga bag‘ishladilar. 
Shuningdek, tadbir davomida sohaning eng dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha qizg‘in davra suhbatlari tashkil etildi.  Tuman axborot-kutubxona markazi direktori boshchiligida o‘tgan ushbu suhbatlarda yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.