Umumiy

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Urgut tuman axborot-kutubxona markaziga qimmatli kitoblar toʻplami sovgʻa qilindi

24 Jun, 2026 32 ko'rildi

Urgut tuman axborot-kutubxona markazi kitob fondi yangi adabiyotlar bilan boyitildi.

“Yoshlar tashabbuslari marafoni” doirasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Urgut tuman axborot-kutubxona markaziga qimmatli kitoblar toʻplami sovgʻa qilindi.

Ushbu ezgu tashabbus yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishiga munosib hissa qoʻshishga xizmat qiladi. Yangi adabiyotlar fondi kutubxona foydalanuvchilari, ayniqsa, yosh kitobxonlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratib, ularning ilm-fan, adabiyot va ma’rifatga boʻlgan qiziqishini oshirishda muhim poydevor boʻladi.

Urgut tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi ushbu qimmatli tuhfa hamda yoshlar ma'naviyatiga ko'rsatilayotgan yuksak e'tibor uchun Yoshlar ishlari agentligiga oʻzining samimiy minnatdorchiligini bildiradi.