Umumiy

“Library Energy Club” seminar-treningi qizg‘in davom etmoqda

24 Jun, 2026 26 ko'rildi

Yosh_kutubxonachilar_klubi
 “Library Energy Club” seminar-treningi qizg‘in davom etmoqda

Kattaqo‘rg‘on shahar axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan “Library Energy Club” Samarqand viloyati tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari yosh kutubxonachilarining seminar-treningi yuqori kayfiyat va faol muloqotlar ruhida davom etmoqda.

Tadbir davomida klub a’zolari bilan yaqindan tanishtirilib, ularga “Library Energy Club”ning maxsus beydjiklari tantanali ravishda topshirildi. Ushbu beydjiklar yosh kutubxonachilarning klub faoliyatidagi ishtiroki va mas’uliyatini ifodalovchi ramziy belgi sifatida e’tirof etildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan klubning maqsad va vazifalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Unda yosh kutubxonachilarni qo‘llab-quvvatlash,ularning kasbiy salohiyatini oshirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish va kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.