Yoshlar kuni munosabati bilan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk insonlar etib tarbiyalash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi ma’rifiy tadbir tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar kuni munosabati bilan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk insonlar etib tarbiyalash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur bayram munosabati bilan o‘tkazilgan davra suhbatiga o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati va pedagogik mahorati bilan yoshlar tarbiyasida alohida o‘ringa ega bo‘lgan tajribali pedagog — 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Zamira Xushvaqtova taklif etildi.
Tadbirning asosiy maqsad va vazifalari:
Ma’naviyatni yuksaltirish: Yoshlar o‘rtasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kitobxonlik va ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni keng targ‘ib qilish.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: Zamonaviy ilm-fan va kasb-hunar sirlarini egallashda yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatish, ularning intilishlarini rag‘batlantirish.