Umumiy
Ta'til — kitob bilan yanada maroqli -47-maktab
23 Jun, 2026
4 ko'rildi
kitob_ulashamiz
Ta'til — kitob bilan yanada maroqli!
Urgut tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan bolalarning ta'til kunlarini mazmunli va maroqli o'tkazish maqsadida 47-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida tashkil etilgan kunduzgi oromgohda kitobxonlik targ‘ib etildi.
Bolajonlarga bir-biridan qiziqarli va mazmunli kitoblar taqdim etilib, mutolaa qilishga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga alohida e'tibor qaratildi. Kitoblar orqali bolalar bo'sh vaqtlarini foydali tashkil etib, yangi bilim va taassurotlarga ega bo'ldilar.
Kitob — ma'naviyat manbai, mutolaa esa kelajak sari muhim qadam!