Urgutda bolajonlar uchun sehrli kitobxonlik kuni
Moviy osmon ostida mutolaa zavqi: Urgutda bolajonlar uchun sehrli kitobxonlik kuni
Urgut tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi maʼrifiy tadbir bolajonlarga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi. "Moviy osmon ostida mutolaa zavqi" deb nomlangan ushbu loyiha doirasida ochiq osmon ostida, toza havoda jajji kitobxonlar uchun ajoyib mutolaa soati tashkil etildi.
Tadbir davomida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari bolajonlar bilan birga jamuljam bo‘lib, ularga eng qiziqarli va rang-barang bezatilgan ertak kitoblarini o‘qib eshittirishdi. Sehrli sarguzashtlar va ezgulik ulashuvchi qahramonlar dunyosiga sayohat bolalarda juda katta taassurot qoldirdi.
Kutubxona xodimlarining bu kabi tashabbuslari yosh avlodni kitobxonlik madaniyati ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli tashkil etishda muhim qadamdir