“Prezident islohotlari — taraqqiyot poydevori”
“Prezident islohotlari — taraqqiyot poydevori”
Jamiyatda siyosiy madaniyat va huquqiy ongni shakllantirish, xodimlarning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini muntazam oshirib borish axborot-kutubxona muassasalarining ham muhim vazifalaridan biridir. Shu munosabat bilan Urgut tuman axborot-kutubxona markazida navbatdagi maʼnaviyat soati tashkil etildi.
Tadbirda Davlatimiz rahbari tomonidan so‘nggi yillarda ilgari surilayotgan davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga oid islohotlar, yosh avlod tarbiyasi, ularni yot g‘oyalardan asrash hamda vatanparvarlik ruhida kamol toptirish masalalari tahliliy o‘rganildi. Ishtirokchilar mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, milliy taraqqiyotga daxldorlik hissi to‘g‘risida o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.