Umumiy

Urgutda yosh kitobxonlar bilan qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi

19 Jun, 2026 47 ko'rildi

​ Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi: Urgutda yosh kitobxonlar bilan qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi
​Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
​Kuni kecha markaz xodimlari " DEVOPS IT SENTR"ning hamda
“IELTS ACADEMY L.C” - o’quv markazlari yosh kitobxonlari ishtirokida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv va davra suhbatini tashkil etishdi.
​Tadbirning asosiy urg‘usi
​Yangi adabiyotlar taqdimoti: Bolalarga kutubxona fondiga yaqinda kelib tushgan eng qiziqarli, rang-barang va sarguzashtlarga boy bolalar adabiyotlari tanishtirildi.
​Jonli muloqot: Ishtirokchilar o‘zlari sevib o‘qigan asarlari, qahramonlari haqida tengdoshlari bilan fikr almashib, kitoblar mazmuni bo‘yicha o‘zaro bahslashishdi.