Umumiy

“Raqamli savodxonlik va kiberxavfsizlik” mavzusiga davra suhbati bo‘lib o‘tdi

16 Jun, 2026 44 ko'rildi

 Urgut tuman axborot-kutubxona markazida“Raqamli savodxonlik va kiberxavfsizlik” mavzusiga davra suhbati bo‘lib o‘tdi


Tadbirda Axborot-kutubxona markazi direktori Z.Murtazoyeva yosh kitobxonlar bilan muloqot o‘tkazdi.U o‘z so‘zida bugungi kunda yoshlar oldida mutlaqo yangi imkoniyatlar ochilayotganini, ayniqsa, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va zamonaviy kutubxonachilik yo‘nalishlari kelajak kasblarining muhim qismiga aylanayotganini qayd etdi.
Yoshlar ishlari agentligi xodimi O.Fayziyev esa yoshlarni bugungi tez o‘zgarayotgan axborot makonida tanqidiy fikrlash, media va axborot savodxonligini rivojlantirishga chaqirdi. AKT xizmati mutaxassisi S. Baxriddinov hamda " DEVOPS IT CENTER" mutaxassisi D.Xamroqulov tomonidan ko‘rgazmali chiqish tashkil etilib, unda internet makonida xavfsiz harakatlanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, kuchli parollar yaratish, firibgarlik va soxta axborotlarni aniqlash hamda raqamli xizmatlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.