“Oilam bilan har kun bir hayot darsi o‘rganamiz” – tarbiya kitobi
TAVSIYA ETAMIZ!
“Oilam bilan har kun bir hayot darsi o‘rganamiz” – tarbiya kitobi
Oilaning huzur-halovat va saodat maskaniga aylanishi uchun oilaviy ma’rifiy suhbatlarning, ibratli savol-javoblarning o‘rni beqiyosdir. Ushbu kitob ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.
Kitobda ajdodlarimizning boy ma’naviy merosidan saralab olingan hikmatlar, ibratli rivoyatlar va hayotiy saboqlar jamlangan. Undagi fikrlar har bir oila a’zosining qalbidan chuqur joy olib, hayot yo‘lida doimiy hamroh bo‘lishga xizmat qiladi.
Kitobdan:
“Oilangizning huzur-halovat, saodat maskaniga aylanishi uchun oilaviy ma’rifiy suhbatlarning, ibratli savol-javoblarning bunday maskanda tez-tez bo‘lib turishi koni foydadir.”
Mazkur kitob oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, farzandlar tarbiyasiga e’tibor qaratish va ma’naviy kamolot sari intiluvchi kitobxonlar uchun ajoyib manbadir.
Kitob mutolaasi – baxtli va ahil oilaning poydevori!