“Sog‘lom muhit – sog‘lom jamoa” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida xodimlar o‘rtasida jamoaviy ruhiyatni shakllantirishga qaratilgan “Sog‘lom muhit – sog‘lom jamoa” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Kutubxona jamoasining ish unumdorligini oshirish, o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash hamda sog‘lom hayot tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbir interaktiv va qiziqarli ruxda o‘tdi.
Davra suhbati davomida xodimlar “Biz sog‘lom turmush tarziga amal qilamiz. Sizchi?” shiori ostida o‘zaro fikr almashib, kun tartibida quyidagi muhim masalalarni muhokama qildilar:
Ish joyida ruhiy xotirjamlik: Jamoada sog‘lom psixologik muhitni yaratish va ish jarayonidagi stressli vaziyatlarni birgalikda yengish.
Faol hayot tarzi: Kun davomida qisqa muddatli badantarbiya mashqlarini bajarish va to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilish.
Tadbirda Respublika Salomatlik markazi mutaxassislari Aminov Jaloliddin va Xabibullayev Aziz tushuntirish ishlarini olib bordilar.