Umumiy

Atrof-muhit muhofazasi — ertangi kunimiz va kelajagimiz

05 Jun, 2026 10 ko'rildi

Atrof-muhit muhofazasi — ertangi kunimiz va kelajagimiz

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan "Atrof-muhit muhofazasi — ertangi kunimiz va kelajagimiz" deb nomlangan davra suhbati tashkil qilindi. 

Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni 1972-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tashkil etilgan va shu yildan boshlab butun jahon hamjamiyati tomonidan har yili nishonlanib kelinmoqda.  1971-yil 11-may kuni BMT Bosh kotibiga dunyoning 23 mamlakatidan 2200 nafar olim va madaniyat arboblari tomonidan imzolangan murojaatnomaning kelishi sabab bo‘lgan.Ular atrof-muhit ifloslanishi tufayli tahdid solayotgan mislsiz xavf haqida insoniyatni ogohlantirdilar. Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni Birlashgan Millatlar tashkilotining atrof-muhit masalalariga dunyo e’tiborini qaratishi, shuningdek, atrof-muhitni himoya qilish uchun siyosiy qiziqish va tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishining asosiy yo‘llaridan biri ekanligi ta‘kidlab o‘tildi.