Urgutda "O‘tgan kunlar" romani targ‘ib qilindi
Millat ko‘zgusi bo‘lgan asar mutolaasi:
Urgutda "O‘tgan kunlar" romani targ‘ib qilindi
Axborot-kutubxona markazida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy adabiyotimizning sara namunalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tumandagi 104-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining adabiyot ixlosmandlari, kutubxona xodimlari hamda kitobxon yoshlar ishtirok etishdi.
O‘tgan kunlar – mangu saboq
Tadbir markazida o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning o‘lmas asari — "O‘tgan kunlar" romani turdi. Yig‘ilganlar asarning yaratilish tarixi, uning milliy o‘zligimizni anglashdagi va o‘zbek adabiyotidagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritdilar va romandagi adolat, vatanparvarlik, sadoqat va sof muhabbat g‘oyalarini o‘zlarining sahna ko‘rinishlari asosida namoyish etdi.