Umumiy
“G‘AFUR G‘ULOM IJODI — MA’NAVIYAT XAZINASI”
19 May, 2026
11 ko'rildi
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida XX asr yangi oʻzbek adabiyotining yorqin namoyandasi, Oʻzbekiston xalq shoiri, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Gʻafur Gʻulom tavalludiga bagʻishlab “Gʻafur Gʻulom ijodi — maʼnaviyat xazinasi” nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.
Mazkur koʻrgazmada adibning boy ijodiy merosi, she’riy va nasriy asarlari, bolalar adabiyotiga oid nodir kitoblari hamda uning hayoti va faoliyatini yorituvchi manbalar keng oʻrin oldi.