Umumiy
“Xotira barhayot — inson qadri muqaddas” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
11 May, 2026
29 ko'rildi
bibliografiya_xizmati
Kitob_koʻrgazmasi
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Urgut tuman Axborot-kutubxona markazida “Xotira barhayot — inson qadri muqaddas” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada Vatan ravnaqi, tinchlik, jasorat va ajdodlar xotirasiga bag‘ishlangan badiiy hamda tarixiy asarlar o‘rin oldi.
Tadbir davomida kitobxonlarga faxriylar jasorati, bugungi tinch hayotning qadri va inson xotirasini e’zozlashning ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Ushbu ma’naviy-ma’rifiy ko‘rgazma yoshlar qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur va ajdodlarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
“Xotira — muqaddas, qadrlash esa insoniylikning oliy fazilatidir.”