Umumiy

Tuman axborot-kutubxona markazida shoira Jumagul Suvonovaning tavallud kuni nishonlandi

05 May, 2026 21 ko'rildi

Jumagul Suvonova — zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri, shoira, adiba va olima sifatida tanilgan

Tuman axborot-kutubxona markazida shoira Jumagul Suvonovaning tavallud kuni nishonlandi. Shoira 1961-yil 5-may kuni Samarqand viloyati Urgut tumanining Rahmatobod qishlog‘ida tug‘ilgan.  1989–1994-yillarda SamDU filologiya fakultetida, 1996–1999-yillarda Samarqand davlat chet tillar instituti aspiranturasida o‘qigan. Ijodiy faoliyati davomida u O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, “Yoshlar” radiokanalida muxbir va muharrir,  “Ulug‘bek vorislari” gazetasida muharrir, hozirda Samarqand davlat universiteti o‘zbek tili o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritmoqda.
šŸŒ Xalqaro e’tirof
Jumagul Suvonovaning she’rlari Hindiston, Amerika kabi davlatlarda chop etilgan antologiyalarda jahon she’riyati namunalari qatorida e’lon qilingan.  Xususan, 2016-yilda Amerikada chop etilgan The Uneasy Nights (Oromsiz oqshomlar) nomli she’rlar kitobida uning asarlari o‘rin olgan.