Umumiy

Urgut tumani axborot-kutubxona markaziga 36-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘quvchilari uchun kutubxona bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

01 May, 2026 15 ko'rildi

sayohat
Urgut tumani axborot-kutubxona markaziga 36-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘quvchilari uchun kutubxona bo‘ylab  sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati, kitob fondi va zamonaviy axborot-resurslari bilan yaqindan tanishdilar.

Kutubxona xodimlari tomonidan bolalar uchun qiziqarli ekskursiya tashkil etilib, kitobxonlikning ahamiyati haqida  tushunchalar berildi.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.