Qissa -Mirzakalon Ismoiliy
Kitobdan parcha
Ushbu kitob mashhur adib Mirzakalon Ismoiliyning qalamiga mansub so‘nggi asardir.Bu asar adibning oldingi asari, ya‘ni "Bizning roman" qissasining davomi hisoblanadi.
Bu kitobning yozilishi haqida Tohir Malikning (Mirzakalon Ismoiliyning jiyani) iqtibosini keltirishni ma‘qul ko‘rdik:
"1982-1983 -yillarda tog‘am, mashhur yozuvchi Mirzakalon Ismoiliy qaysar o‘smir oqibatda jinoyatchiga aylanib qolishi mumkinligi haqida asar yozmoqchi ekanligini aytdi.U damlarda tog‘amning sihatlari uncha yaxshi emasdi.Shunga qaramasdan yoshlarga bir ibratli gap aytgilari bor edi.Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan maslahatlashib, yozuvchini o‘smir jinoyatchilar saqlanadigan "axloq tuzatish mehnat koloniyasi" deb atalmish qamoqxonaga yubordik.Tog‘am kun bo‘yi o‘sha yerdagi bolalar bilan tanishib qaytdi.