"Kutubxonachilar ishini rivojlantirib,kitobxonlikni ko’paytiraylik “ nomli maktab kutubxonachilari uchun seminar tashkil qilindi
Kitobxonlik_haftaligi
O'zbekiston_kitobxonlar yurti
Urgut tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan “O'ZBEKISTON - KITOBXONLAR YURTI" shiori ostida VI RESPUBLIKA "KITOBXONLIK HAFTALIGI" doirasida "Kutubxonachilar ishini rivojlantirib,kitobxonlikni ko’paytiraylik “ nomli maktab kutubxonachilari uchun seminar tashkil qilindi.Semenarda kutubxonaning barcha xizmat rahbarlari o‘z ish faoliyati bilan tanishtirib o‘tdi.Shuningdek, fondlarni to‘ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati rahbari Shahzoda Baxriyeva O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 30 sentabr kunidagi 522-sonli qarori tegishli bandlarini ijrosini ta'minlash maqsadida me'yoriy hujjatlarni yuritish bo'yicha "Komplektovaniya faoliyati to'g'risida" yani jamlama daftarni yuritish, inventar daftarni to'ldirish mavzusi borasida nazariy hamda amaliy tushunchalar berildi.