Taniqli shoira Farog‘at Farmonovaning qutlug‘ tavallud ayyomi
Kitobxonlik_haftaligi
Sayyor adabiy uchrashuv: Maktabda bayramona shukuh!
Kitobxonlik haftaligi doirasida kutubxonamiz xodimlari ishtirokidagi navbatdagi ko‘chma tadbir Oʻroqboyjar mahallasidagi 141-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.
Ushbu uchrashuv taniqli shoira Farog‘at Farmonovaning qutlug‘ tavallud ayyomiga bag‘ishlandi.
Shoira o‘zining sermazmun ijod yo‘li va nufuzli tashkilotlardagi faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘ldi:
Farog‘at Farmonova:
Xalqaro Turon jurnalistlar uyushmasi a’zosi;
Xalqaro Turon yozuvchilar uyushmasi a’zosi;
Abdulhamid Cho‘lpon jamoat fondi a’zosi;
Toshkent Do‘rmon ijodkorlar klubi a’zosi.
Tadbirning eng hayajonli qismi maktab o‘quvchilarining chiqishlari bo‘ldi. Iqtidorli yoshlar shoira qalamiga mansub diltortar she’rlardan namunalar o‘qib, tayyorlagan badiiy chiqishlari bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.