Umumiy

"Kitobxonlik haftaligi" doirasida yosh kitobxonlar uchun kutilmagan bibliografik sharh bo‘lib o‘tdi.

15 Apr, 2026 5 ko'rildi

#bibliografik_sharh
ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT!

Bugun Urgut tuman Axborot-kutubxona markazida "Kitobxonlik haftaligi" doirasida yosh kitobxonlar uchun kutilmagan bibliografik sharh bo‘lib o‘tdi. 

​Biz hammamiz bilgan "Zolushka" ertagining aslida bir-biridan farq qiluvchi 3 ta dunyoga mashhur talqini borligini tahlil qildik:
 Sharl Perro (Fransiya): Sehrgar pari, qovoq-arava va mashhur billur tufli.
Aka-uka Grimmlar (Germaniya): Sehrli qushlar, onaning vasiyati va oltin tufli.
 Bojena Nemsova (Chexiya): Mashhur "Uchta yong‘oq" va chaqqon ovchi malika.

​ Shuningdek, o‘zimizning "Zumrad va Qimmat" ertagi bilan bu qahramonlar o‘rtasidagi mushtarakliklar — mehnatsevarlik va ezgulik g‘alabasi haqida suhbatlashdik.
​ Tadbir davomida bolajonlar rasmlardagi yashirin detallar orqali ertaklarni topishda o‘z bilimlarini sinab ko‘rdilar. Qiziqarli savol-javoblar haftalikka o‘zgacha zavq bag‘ishladi.
​Kitob o‘qishdan to‘xtamang, biz bilan mo‘jizalar davom etadi!  M.S