Umumiy

“Ayniy – ma’rifatparvar” nomli adabiy-badiiy kecha yuqori saviyada tashkil etildi

15 Apr, 2026 4 ko'rildi

​KITOB — MA’RIFAT MANBAI, MILLAT KO‘ZGUSI!
​“Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida
Buyuk yozuvchi, olim va jamoat arbobi Sadriddin Ayniy tavallud kuni munosabati bilan
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida “Ayniy – ma’rifatparvar” nomli adabiy-badiiy kecha yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirda 5-122-umumiy o‘rta ta‘lim maktab o‘quvchilari faol ishtirok etdi.
Kecha davomida ishtirokchilar buyuk adibning hayoti va ijodi, uning ma’rifatparvarlik faoliyati hamda xalqimiz ma’naviy taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Ayniy qoldirgan boy adabiy va madaniy meros bugungi kunda ham yosh avlodni ilmga, tafakkurga va yuksak insoniy fazilatlarga chorlab kelmoqda.
Tadbir davomida she’riy chiqishlar, badiiy sahna ko‘rinishlari hamda ijodiy namoyishlar kechaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.