Umumiy

“Kitobxonlik haftaligi"ning birinchi kuni - 13.04.2026

13 Apr, 2026 5 ko'rildi

Kitobxonlik haftaligi
“Kitobxonlik haftaligi"ning birinchi kuni rejasiga asosan Urgutlik ijodkorlar bilan kitobxon yoshlar oʻrtasida ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv bahs munozaraga boy bo‘ldi.
Tadbir ishtirokchilari: Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi,jurnalist,shoir, Xudoyberdi Komilov,
shoira ,jurnalist,yozuvchilar uyushmasi a‘zosi Mavluda Mirsaidova,shoira ,yozuvchilar uyushmasi a‘zosi Farog'at Farmonova,shoira ,jurnalist yozuvchilar uyushmasi a‘zosi Feruza Shodiyeva.
Tadbirda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda oilaning o‘rni, bolalarda mutolaaga qiziqishni oshirish hamda kitobni hayotning ajralmas qismi sifatida qadrlash masalalari muhokama qilindi.
Ijodkorlarning fikr-mulohazalari va takliflari tadbirga yanada mazmun bag‘ishlab, katta taassurot qoldirdi.