Urgut tumanidagi Abdusaid Koʻchimov kutubxonasida Buyuk sarkarda Amir Temur tavalluddining 690 yilligi munosabati bilan tadbir o'tkazildi
Ko'chma tadbir
"Biz kim-mulki Turon, amiri Turkistonmiz,
Biz kim-millatlarning eng qadimi va eng ulug‘i – turkning bosh bo‘ginimiz!"
Bu sohibqiron Amir Temurning o‘z davlatining qudrati, millatining ildizlari va o‘zligidan g‘ururlanishini ifodalovchi o‘ziga xos shioridir.
Mulki Turon: Markaziy Osiyo hududlarini o‘z ichiga olgan qadimiy va boy o‘lkaning egasi ekanligiga ishora.
Amiri Turkiston: Turkiston xalqlarining yetakchisi va himoyachisi ekanligini anglatadi.
Turkning bosh bo‘g‘ini: Milliy o‘zlikni anglash, turkiy xalqlarning buyuk tarixiy merosxo‘ri ekanligini ta’kidlash.
Amir Temur bu so‘zlar orqali nafaqat o‘zining siyosiy maqomini, balki u barpo etgan davlatning ma’naviy va tarixiy poydevorini ham ko‘rsatib bergan.
Urgut tumanidagi Abdusaid Koʻchimov kutubxonasida Buyuk sarkarda Amir Temur tavalluddining 690 yilligi munosabati bilan "Biz kim- mulki Turon Amiri Turkistonmiz "nomli ko‘chma tadbir tashkil qilindi.