Umumiy

Ichki ishlar bo‘limi tasarrufidagi Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari uchun kutubxona bo‘ylab sayohat uyushtirildi.

09 Apr, 2026 15 ko'rildi

“Kitob o‘qigan inson-fikrli inson”

Urgut tuman axborot- kutubxona markazida sayohat.
Ichki ishlar bo‘limi tasarrufidagi Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari uchun kutubxona bo‘ylab sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida mamlakatimizda kitob o'qish madaniyatini keng targ'ib qilish, aholi orasida kitobga qiziqishni kuchaytirish asosiy maqsad qilib qo'yilganligi tushuntirib berildi.
 Ekskursiya davomida mehmonlar:
kutubxonada mavjud adabiyotlar bilan tanishish jarayonida elektron kitoblar haqida ham ma‘lumot olishdi.
Axborot-kutubxona markazining faoliyati,vazifalari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Kitoblar bilan yaqin tanishuv va  mutolaa madaniyatini oshirishga xizmat qilgan ushbu ekskursiya katta taassurot qoldirdi.
Kitob — bilim kaliti, kutubxona esa ma’rifat maskani!