Umumiy

Qalqon jasorat maktabi o‘quvchilari uchun kutubxona bo‘ylab sayohat uyushtirildi.

07 Apr, 2026 24 ko'rildi

 “Kitob o‘qigan inson-fikrli inson”

Urgut tuman axborot- kutubxona markazida sayohat.
Qalqon jasorat maktabi o‘quvchilari uchun kutubxona bo‘ylab sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida mamlakatimizda kitob o'qish madaniyatini keng targ'ib qilish, aholi orasida kitobga qiziqishni kuchaytirish asosiy maqsad qilib qo'yilganligi tushuntirib berildi.
 Ekskursiya davomida o‘quvchilar:
 kutubxonada mavjud adabiyotlar bilan tanishish jarayonida elektron kitoblar haqida ham ma‘lumot olishdi.
 Axborot-kutubxona markazining faoliyati,vazifalari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
 Kitoblar bilan yaqin tanishuv, bilimga bo‘lgan qiziqish va mutolaa madaniyatini oshirishga xizmat qilgan ushbu ekskursiya o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
 Kitob — bilim kaliti, kutubxona esa ma’rifat maskani!