Umumiy

"Navro‘z- yangilanish va yasharish bayrami " nishonlandi

26 Mar, 2026 15 ko'rildi

Urgut tumanida Navro‘z bayrami davom etmoqda.

Urgut Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida "Navro‘z- yangilanish  va yasharish bayrami " nishonlandi. Ushbu tabir munosabati bilan bir qancha faol o‘qituvchi va talabalar taqdirlandi. Xuddi shunday taqdirlanganlar orasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ 9- son qarori ijrosini ta'minlashda faol ishtiroki hamda mamlakatimizda kitob o'qish madaniyatini keng targ'ib qilish, aholi orasida kitobga qiziqishni kuchaytirishda faol qatnashganligi uchun Urgut Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘qituvchisi  Sayyora Botirova ham tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan taqdirlandi.