Umumiy

“Oilada ota-ona kitob o‘qisa – farzand ham o‘qiydi”

25 Mar, 2026 16 ko'rildi

kitobxon_oila

 “Oilada ota-ona kitob o‘qisa – farzand ham o‘qiydi”
Urgut tuman axborot-kutubxona markazida  Qayroqli MFY fuqarolari Rajjabboy Muhammadiyev hoji bobo va Mavluda Umarova hoji onalar tashrif buyurib o‘zlari o‘qigan kitoblar haqida gapirib, kitobxonlarga ham tavsiya etishdi.Kitobxonlar yozuvchi Bahodir Karimning " Abdulla Qodiriy fenomeni " deb nomlangan kitobi hamda Shahodat Isaxonovaning  " Turon Malikasi" kitoblarini haqida gapirib, barchani kutubxonaga taklif qilishdi. Ushbu hoji bobo va hoji ona kutubxonaga tez-tez tashrif buyurib, 7-8 dona kitobni mutolaa qilish uchun olib ketishadi va har safar kitob haqida to‘lqillanib so‘zlab berishadi.   Bunday ma’rifiy uchrashuvlar oilada kitobxonlik muhitini mustahkamlash, farzandlar qalbida kitobga mehr uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etadi.