Umumiy

Navro‘z – yangilanish va yasharish bayrami davom etmoqda!

25 Mar, 2026 10 ko'rildi

 Navro‘z – yangilanish va yasharish bayrami davom etmoqda! 
 Urgut tuman axborot-kutubxona markazida 121-maktab bilan hamkorlikda Navro‘z umummilliy bayrami munosabati bilan “Navro‘z – yangilanish va yasharish bayrami” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
 Tadbir davomida Navro‘zning qadimiy an’analari, milliy urf-odatlarimiz va boy qadriyatlarimiz keng targ‘ib qilindi. O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan she’rlar, sahna ko‘rinishlari va kuy-qo‘shiqlar bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
 Shuningdek, ishtirokchilar uchun milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tashkil etilib, Navro‘zning inson qalbiga mehr-oqibat, ezgulik va yangilanish tuyg‘ularini olib kirishi alohida ta’kidlandi.
 Bu kabi ma’naviy tadbirlar yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash, ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 Navro‘z bayrami yurtimizga tinchlik, xonadonlarga fayz-u baraka, qalblarga esa quvonch olib kiraversin!