Umumiy

Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!

21 Mar, 2026 12 ko'rildi

Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z! 
Joriy yilning 19-mart kuni Urgut tuman axborot-kutubxona markazida 36-maktab bilan hamkorlikda 21-mart — Navro‘z umummilliy bayrami munosabati bilan “An’ana, urf-odat va qadriyat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida milliy qadriyatlarimiz, boy an’analarimiz va urf-odatlarimiz haqida atroflicha so‘z yuritilib, ishtirokchilarda ajdodlar merosiga hurmat va ehtirom tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi. Bayramona ruhda o‘tgan ushbu uchrashuv yig‘ilganlarga katta zavq-shavq ulashdi, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Navro‘zning betakror fayzi, uning ezgulik, mehr-oqibat va yangilanish timsoli ekanligi yana bir bor namoyon bo‘ldi.