Umumiy

NAVRO‘Z – QADRIYATLARIMIZ KO‘ZGUSI!

19 Mar, 2026 28 ko'rildi

​ NAVRO‘Z – QADRIYATLARIMIZ KO‘ZGUSI! 
​Yurtimizga nafis bahor nafasi bilan birga, yangilanish va yasharish ayyomi — Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Shu munosabat bilan, joriy yilning 19-mart kuni Urgut tuman axborot-kutubxona markazi hamda 123-maktab hamkorligida bayramona shukuhga boy tadbir tashkil etildi.
​"An’ana, urf-odat va qadriyat" deb nomlangan ushbu ma’naviy-ma’rifiy kecha haqiqiy bayram sayliga aylanib ketdi. 
​ Tadbirning yorqin lahzalari:
​Milliy meros: Unutilayotgan urf-odatlarimiz va milliy qadriyatlarimiz yoshlar tilida yana bir bor jonlandi.
​Kitob va an’ana: Kutubxona peshtaxtalaridan joy olgan bahoriy asarlar ko‘rgazmasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
​Zavq va shavq: O‘quvchilarning badiiy chiqishlari, milliy kuy-qo‘shiqlar va she’rxonlik kechaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
​Kutubxonamiz ma’naviyat maskani bo‘lish bilan birga, milliy o‘zligimizni asrab-avaylovchi maskan ekanligini yana bir bor isbotladi.