Umumiy

Urgut tuman axborot-kutubxona markazida ma’rifat va saxovat birlashgan go‘zal aksiya: "Kutubxonamga kitob sovg‘a qilaman" davom etmoqda.

17 Mar, 2026 17 ko'rildi

 Urgut tuman axborot-kutubxona markazida ma’rifat va saxovat birlashgan go‘zal aksiya: "Kutubxonamga kitob sovg‘a qilaman" davom etmoqda.
Urgut tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham oltmish ikki dona kitobni kutubxona fondini boyitish maqsadida sovg‘a qilishdi

​"Siz qilgan kitob ehsoni orqasidan qancha ilmi tolib yetishib chiqishini bilasizmi?" — bu shunchaki savol emas, balki kelajakni qurishga da’vatdir. Har bir sovg‘a qilingan kitob, minglab yoshlarning qalbiga ilm nurini olib kirish, ularning orzulariga qanot bog‘lash demakdir. 
​Sizning birgina kitobingiz kimgadir ilm eshiklarini ochib, yuksak marralarni zabt etishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Bu — savobi davomiy bo‘lgan eng xayrli ishlardan biridir.
​Aziz kitobsevarlar, saxovatpesha yurtdoshlar! Ushbu muborak oyning fayzu barakasidan bahramand bo‘ling va ilm ulashishga hissa qo‘shing.
​Manzil: Urgut tuman axborot-kutubxona markazi.