Abdurasul Abdullayev - Daqiqa qadri 3
O‘zbekiston Milliy teleradiokanali orqali efirga beriladigan “Zakovat” intellektual ko‘rsatuvi savollari asosida nashrga tayyorlangan "Daqiqa qadri 3" kitobi ham “Zakovat” turkumi ostida chop etilgan avvalgi kitoblar kabi 1001 savol va ularning 1001 javobidan iborat. Shuningdek, kitobda nafaqat ko‘rsatuv muxlislari tomonidan yo‘llangan savol-javoblar, balki boshlovchi Abdurasul Abdullayevning shaxsan o‘zi tuzgan ajoyib jumboqlar va ularning yechimlari ham jamlangan.
Ushbu kitob mamlakatimizdagi turli soha va qatlam vakillarining intellektual salohiyatini oshirishda, ayniqsa, yoshlarning yetuk aql-idrok egasi bo‘lib yetishishlarida muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. Vatanimizning turli sarhadlarida istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimizning maktublari va boshqa manbalar asosida to‘plam holiga keltirilgan ushbu qo‘llanma barchaga manzur buladi, degan umiddamiz.
Kitob keng ommaga mo‘ljallangan.