Umumiy

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayolga ehtirom”

08 Mar, 2026 24 ko'rildi

Ayol_borki_olam_munavvar!
Bugun Urgut tumani Axborot-kutubxona markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayolga ehtirom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda tumanimizdagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirok etishdi. Yosh kitobxonlar tomonidan ijro etilgan ona haqidagi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
 Tashkil etilgan ushbu tadbirning asosiy maqsadi:
O‘quvchi yoshlar qalbida onalarga nisbatan hurmat va ehtirom tuyg‘usini kuchaytirish;
Kitobxonlik orqali ma’naviy dunyoqarashni boyitish;
Bahor ayyomini ko‘tarinki ruhda qarshi olishdan iborat bo‘ldi.

 Barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimizni kirib kelayotgan bahoriy ayyom bilan muborakbod etamiz!