"Yoshlar" kuni munosabati bilan yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
PAYSHANBA YOSHLAR KUNI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan Urgut tuman axborot-kutubxona markazida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i , axborot-kutubxona markazi direktori hamda yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ma’rifatning inson hayotidagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha fikr yuritildi.
Shuningdek, buyuk ajdodlarimizning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, ularning boy ma’naviy merosi yoshlar uchun ibrat maktabi ekani alohida ta’kidlandi. Kitob mutolaasining ahamiyati, axborot xurujlariga qarshi kurashishda bilim va tafakkurning o‘rni haqida fikr bildirdilar. Shuningdek,yoshlarning iqtisodiy bilimlarini oshirish, tadbirkorlikka jalb etish va moliyaviy savodxonligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.