Kitob tavsiyasi

Dunyoqarash

04 Mar, 2026 20 ko'rildi

Bu kitob oddiy qo‘llanma emas.U - kitob javoningizdan o‘rin olishga munosib javohir.Ta‘bir joiz bo‘lsa ,hayot yo‘lingizni mayoq bo‘lib yorituvchi xazina.Siz "Dunyoqarash"ni shunchaki kitob javoningizga qo‘ymaysiz,bu kitob odamlarga ikki turdagi fikrlash va ular yaratgan dunyoni tasvirlab ,tanlash imkoniyati borligini ko‘rsatadi.Qolgani o‘zingizga tan - qanday dunyoda yashashni aql - idrokingiz ,tafakkur tarzingiz ila o‘zingiz tanlashingiz mumkin.
Kitobda muallif o‘ziga xos tadqiqotlar o‘tkazganini ham aytib o‘tganki,bu uning yanada maroqli o‘qilishini ta‘minlaydi.Kerol Deyk dunyoqarashlarni o‘zgartirish,aniqrog‘i,o‘sish,takomillashish mumkinligini ,bunga qanday erishish yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.