Kitob tavsiyasi

Obro'parastlik va riyo

04 Mar, 2026 25 ko'rildi

Olamda bir xususiyat borki,undan butun bashariyat jirkanib,o‘zini o‘shanday sifatga ega bo‘lgan kimsalardan olib qochishga harakat qiladi.Biroq aytganimiz qabih  xususiyatga ega  bo‘lgan ayrim shaxslar, bu razil yo‘llarida bardavom holda fasodlarga botib hayot kechiraveradilar.Bu yomon xususiyatning nomi riyo bo‘lib ,u o‘z sohibini o‘ziga sezdirmagan holda botqoqlikning tubiga qadar botirib boraveradi.
  Asarda mazkur illatning ko‘rinishlari va uning muolajalari zikr etilgan,shu bilan birga ,kitobda obro‘parastlik ham mazammat qilinib ,undan xalos bo‘lish yo‘llari chiroyli uslubda ko‘rsatib o‘tilgan.