Kitob tavsiyasi

TUNGI QOTILLIK - Komil Sindarov

04 Mar, 2026 33 ko'rildi

Detektiv qissa 
Komil Sindarov
Detektiv asarlar kitobxonlar tomonidan sevib o'qilishi koʻpchilikga ma'lum. Mabodo, asar soha vakilining ko'p yillik hayotiy tajribalari asosida yaratilgan bo'lsa uning jozibasi yanada ortadi.
Qo'lingizdagi kitob ham uzoq yillar adolat masalasi yoʻlida fidokorona hizmat qilgan insonning bevosita koʻrgan kechirganlari asosida dunyoga kelgan. Bir qancha chigal ishlar yechimini topishda tunni kunga ulagan tergovchilarning zaxmatlari, tahlikali vaziyatlar, jinoyat olamining shafqatsizliklari, bularning barchasi o'quvchi ko'z oldida yaqqol namoyon boʻlib kishini larzaga soladi.
Har nima boʻlganda ham pirovard natijada adolat tantana qiladi.
O'quvchining yuragi taskin topadi. Zero, muallifning maqsadi shu aslida.