Hayotni yangidan boshla
Agar ayni dam bu kitob sizning qo‘lingizda bo‘lsa va siz ushbu satrlarni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, demak, hayotni qaytadan boshlash vaqti keldi. "Xo‘p lekin qayerdan?" yoki "Buni qanday qilay?"—deya ikkilanayotganingizni sezib turibman.Albatta, buni o‘zingizni bilgan va tanishni boshlagan vaqtingizdan tortib to hozirgi kungacha, hatto ayni lahzagacha o‘zingiz o‘rgangan, boshdan kechirgan, o‘rgatgan va sizni o‘zingizga aylantirgan nimaiki bo‘lsa, barchasini butunlay yangilash va o‘zgartirish orqali amalga oshirasiz. Hayotni yangidan boshlash uchun hozirgidan ko‘ra boshqacha bo‘lish, ayni dam mavjud yeringizdan boshqa joyga siljish, erishishni istagan o‘zligingizni qidirib topish uchun o‘sha yo‘llarni birma-bir bosib o‘tib, haqiqiy o‘zligingizni yaratishingiz kerak.