Umumiy

118-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘quvchilari sayohatga keldilar

03 Mar, 2026 46 ko'rildi

Urgut tumani axborot-kutubxona markaziga 118-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘quvchilari sayohatga keldilar.

Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati, kitob fondi va zamonaviy axborot-resurslari bilan yaqindan tanishdilar.

Kutubxona xodimlari tomonidan bolalar uchun qiziqarli ekskursiya tashkil etilib, kitobxonlikning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

O‘quvchilar badiiy adabiyotlar, ertaklar va ensiklopediyalar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.