Umumiy

"Siz kelmasangiz – biz boramiz" loyihasi doirasida

03 Mar, 2026 41 ko'rildi

Urgut tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “Siz kelmasangiz – biz boramiz” loyihasi doirasida tumandagi Xalq bankiga  "Kitob targ'iboti - ma'rifat sari yana bir qadam" mavzusida yangi kelgan adabiyotlar targ‘iboti o‘tkazildi.

 Targ'ibot davomida kitobxonlarga yangi nashrlar, ularning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi va  ko‘chma kutubxona tashkil etildi.

 Maqsad — kitobxonlik madaniyatini oshirish va yangi adabiyotlarni keng targ‘ib qilish.

Yangi adabiyotlarni biz bilan birga mutolaa qiling!